Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Galina Matviyevskaya 95 yoshida vafot etdi. O‘zbekistonda sharqshunoslik fanining rivojiga hissa qo‘shgan atoqli olima “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Fizika-matematika fanlari doktori, senator Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi. U bunga qadar akademiyaning Matematika instituti direktori bo‘lib ishlagan.
Shavkat Mirziyoyev kecha vafot etgan Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadoniga bordi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini yodga oldi, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.
Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.
Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori bo‘ldi. U bu lavozimda 2015−2020-yillarda ham ishlagan. Yana bir sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi.
Prezident Fanlar akademiyasining 16 nafar yangi haqiqiy a’zosini tasdiqladi. Ular orasida qator ilmiy muassasalar rahbarlari va xodimlari bor. Bungacha FAning haqiqiy a’zolari ro‘yxati 2017 va 1995-yillarda to‘ldirilgandi.
Prezident Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash, shuningdek, FAning navbatdagi haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Ro‘yxat.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent botanika bog‘i poytaxt hokimligiga berilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasidan chiqarilganini ma’lum qildi. Loyihadan hokimliklar nazoratiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yana 261 ta bog‘ o‘rin olgan.
Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.
Toshkentda dekabr oyida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalar o‘tkazish hamda akademiyaning yangi haqiqiy a’zolarini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta yoshdagi erkaklardagi prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.
Hukumat qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Muassasa qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar beradi.
Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Ashur Qodirov va taniqli olim, akademik Sattor Tursunmuhammedov olam o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting